Tramp tashkil etayotgan “Tinchlik Kengashi”ni to‘laqonli xalqaro tuzilma deb atashga, uni BMTga muqobil deb hisoblashga hali erta, dedi Iqtisodiyot Oliy maktabi (VSHE) tahlilchisi Tigran Meloyan @Sputnik nashriga.
"Hozirda bu hatto xalqaro tashabbus ham emas, balki yagona Amerika prezidentining g‘oyasi. Bu bir qator munozarali masalalar, keltirib chiqarmoqda. Jumladan uning to‘liq AQSh prezidenti tomonidan boshqarilishi va unga faqat Oq uy taklifnoma yuborganlar a’zo bo‘la olishi masalalari", - dedi Meloyan.
Bundan tashqari, bunday kengashlarning tashkil etilishi BMT faoliyatini va uning tinchlikparvarlik funksiyalarini susaytiradi, deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.