Time jurnali talqini bo‘yicha “Yil odami” unvoni AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga nasib etdi. Qisqa ro‘yxatda Ilon Mask, Keyt Middlton va Yuliya Navalnaya bo‘ldi, deb xabar beradi BBC.
— Time muharrirlari 97 yil davomida “Yil odami”ni tanlab keladi: bular so‘nggi 12 oy ichida dunyoga ta’sir o‘tkazgan va o‘z mavzulari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan insonlardir. Yillar davomida eng yaxshisini tanlash oson bo‘lmagan. 2024 yildagi tanlov qiyin emas edi, - dedi jurnal bosh muharriri Sem Jeykobs.
Bosh muharrirning so‘zlariga ko‘ra, biz populizmning qaytadan avj olganini, o‘tgan asrni belgilab bergan institutlarga ishonchsizlikning kengayib borayotganini, liberal qadriyatlar ko‘pchilik odamlar hayotini yaxshilashiga ishonchning yemirilishini ko‘rishimiz mumkin.
- Tramp bu jarayonning ham agenti, ham benefisiarii, deb ishonish uchun barcha asoslar bor, - deb yozadi Jeykobs.
Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasini ko‘p jihatdan tarixiy deb atash mumkin, deb yozdi Time nomzodlar qisqa ro‘yxatini taqdim etar ekan.
U mamlakat tarixidagi eng keksa prezident va jinoiy jinoyatda aybdor deb topilgan yagona AQSh rahbari bo‘ladi.
Tramp AQShdagi ilk prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan 2016 yilda Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb topilgan edi.