Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tezkor xabar! Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi

Tezkor xabar!  Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi

Hozirgina Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi. Bundan avvalroq yurtimizdagi vaksinasiya jarayonlarida foydalanish uchun yangi turdagi vaksina olib kelinishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, "Sputnik V" va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:
💉1 342 480 dozasi AstraZeneca,

💉18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,

💉460 000 dozasi "Sputnik V",

💉 3 000 060 dozasi Moderna,

💉 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 14:25 13.09.2021. O'qildi: 2199 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!