Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tezkor! Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik liseyga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Tezkor! Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik liseyga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Oldin xabar berganimizdek, 2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik liseyiga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari 18 sentyabr kuni 2 smenada (1-smena 8:00dan 11:00 ga, 2-smena 16:00 dan 19:00 ga qadar) Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi sayilgohida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Biroq, Toshkent shahrida 18 sentyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganligi sababli, test sinovlari 20 sentyabr kuniga ko‘chirildi. Test sinovlari faqat 1 smenada bo‘lib o‘tadi, soat 9.00 da boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari kerak.

Test sinovlariga kirish faqat bir joydan ("Beruniy" metro oldidan) amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omad tilaymiz!
 

Kiritildi: 06:41 18.09.2020. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!