Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tezkor! Milliy gvardiya ro‘mol o‘ragan ayollarga tazyiq o‘tkazayotgani rostmi?

Tezkor! Milliy gvardiya ro‘mol o‘ragan ayollarga tazyiq o‘tkazayotgani rostmi?

Internet tarmog‘ida tarqagan videomurojaatlardan birida muallif ro‘mol o‘ragan ayollarga go‘yoki ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya tomonidan ozor berilayotgani haqida gapirgan.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, mazkur fikrlar haqiqatdan yiroq. Ro‘mol o‘ragan ayollarga hech qanday ozor berilayotgani yo‘q, bunday topshiriqlar bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. 

Ayollarni avtobusga taklif qilishdan yagona maqsad – koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan xavfsizlik me’yorlariga rioya qilish muhimligi haqida santariya-epidemiologiya nazorati xizmati va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilishi bo‘lgan.

Jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgan fuqaro S.N. va N.R.lar sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbat o‘tkazilishi uchun avtobusga chiqayotgan vaqtlari video muallifi tomonidan tasvirga tushirilgan. Videodagi voqea 21 sentyabr kuni taxminan soat 19.25 da Shayxontohur tumani G‘uncha massivi hududida ro‘y bergan.     

Hurmatli fuqarolar! Internetga video joylab, unga o‘z fikrlaringizni  qo‘shishdan oldin aslida nima bo‘layotgani haqida qiziqib ko‘rishingizni so‘raymiz. Avtomobil ichida o‘tirvolib o‘z mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashishingizni to‘g‘ri ish deb bo‘lmaydi. Agar video muallifi avtobusdagi ayollardan xavotirda bo‘lganida, xodimlarning yoniga borib, nima bo‘layotgani haqida qiziqib ko‘rgan bo‘lmasmidi?

Kiritildi: 11:44 23.09.2020. O'qildi: 3659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!