Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

TEZKOR: KITOB TUMANI HUDUDI KARANTINGA OLINDI

TEZKOR: KITOB TUMANI HUDUDI KARANTINGA OLINDI

Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan EHTIYOT CHORASI SIFATIDA tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Gumonlanish o‘z tasdig‘ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi.

?Avtotransport va piyoda harakatlanish qat’iy nazoratga olindi.
Hurmatli vohamiz ahli, viloyatimiz hokimligi ham bir necha bor Siz, azizlarga murojaat bilan chiqib, “Barcha hududlar uchun belgilangan karantin qoidalari, xususan, ko‘chada niqobda bo‘lish, jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena singari bir qator qoidalarga “Yashil hudud”da ham amal qilish kerakligini unutmang!”, deya ta’kidlanishiga qaramasdan maqsadsiz ko‘chada yurish holatlari ko‘p kuzatilmoqda.
Erkinlik va imtiyozlarning qadriga borida yetaylik!
 
Qashqadaryo viloyati hokimligi  
Axborot xizmati.

Kiritildi: 12:57 31.05.2020. O'qildi: 7942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!