Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 7 avgustdagi 2-son bayoniga asosan, yangi o‘quv yili uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, 185ta texnikumga 9199 nafar o‘quvchi davlat buyurtmasi bo‘yicha (grant asosida) qabul qilinishi belgilangan.

2020/21 o‘quv yili: texnikumlarga qabul kvotalari (.pdf)

Ma’lumot uchun, texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta’lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.

Ta’lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarda, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikum bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 19:50 18.08.2020. O'qildi: 7392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!