Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Texaslik ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Texaslik ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

AQShning Texas shtatida yashovchi ayol 9 daqiqada 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda ular tug‘ilgan Texas ayollar klinikasining Facebook dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Daryo ning yozishicha, ikki qiz va to‘rt o‘g‘ilning vazni 800 1300 grammni tashkil etmoqda. Ularning onasi Telma Chiaka o‘zini yaxshi his etmoqda.

U qizlari uchun ism tanlashga ham ulgurdi: Zina va Zuriel. O‘g‘illarga hali bu borada navbat kelmadi.

Texas tug‘ruqxonasi xodimlari 6 nafar egizakning dunyoga kelish ehtimoli 4,7 milliardga birni tashkil etishini eslatib o‘tdi.

Kiritildi: 09:56 18.03.2019. O'qildi: 1820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!