Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tesla 250-o‘rinda?! Eng sifatli avtomobillar reytingi

Tesla 250-o‘rinda?! Eng sifatli avtomobillar reytingi

J.D.Power tahlil kompaniyasi yangi mashinalarning sifati bo‘yicha avtomobil kompaniyalari reytingini tuzdi. Zavoddan nuqsoni bilan chiqqani uchun tanqidlarga tez-tez uchrab turadigan Tesla ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasidan o‘rin olgan bo‘lsa, birinchilik Dodge’ga nasib etgan, deb xabar beradi Motor.

Reyting 100 ta avtomobilga kelib tushgan shikoyatlar asosida tuzilgan. Ro‘yxatdan ilk bor o‘rin olgan Tesla kompaniyasi J.D.Power mutaxassislari fikricha, eng sifatsiz mashinalarni ishlab chiqaradi: 100 ta yig‘ilgan mashinaga 250 ta shikoyat kelib tushgan. Umuman olganda, ushbu ma’lumotlar norasmiy bo‘lib, AQShning 15 ta shtatida Tesla mijozlar orasida so‘rovnoma o‘tkazishga ruxsat bermagan.

Shunga qaramay, ekspertlar 35 ta shtatdagi qariyb 1,3 ming elektromobil egasi orasida so‘rovnoma o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan va kompaniyada yangi mashinalarni ishlab chiqarishda muammo bor degan xulosaga kelgan: Tesla’ning ko‘plab egalari kuzov panellari orasidagi tirqishlardan, rangi va salondagi g‘ichirlash ovozlaridan norozi. Shu sababli Tesla reytingdagi eng so‘nggi — 250-o‘rinni egallagan.

Eng kam shikoyatni Dodge, Kia va Chevrolet avtomobillari egallari bildirgan.

Kiritildi: 09:50 28.06.2020. O'qildi: 3037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!