Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Terrorchilikdan eng ko‘p aziyat chekkan davlat ma’lum bo‘ldi

Terrorchilikdan eng ko‘p aziyat chekkan davlat ma’lum bo‘ldi

Sidneyda joylashgan Iqtisodiyot va tinchlik (IEP) instituti tayyorlagan Global Terrorism Index 2020 hisobotida aytilishicha, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha terrorchilikdan eng ko‘p aziyat chekkan davlat Afg‘oniston bo‘ldi.   

Institut tadqiqotchilari 2019 yilda 163 davlatda yuz bergan teraktlarni o‘rganib chiqdi. O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 13826 kishi terakt qurboni bo‘lgan, ularning 41 foizi – 5725 nafari afg‘onistonliklardir. Bundan tashqari, Afg‘onistonda o‘tgan yilgi teraktlarda 6221 kishi yaralangan. 

Iqtisodiyot va tinchlik instituti hisobotiga ko‘ra, 2019 yilda eng qonli yigirma teraktning yettitasi aynan Afg‘onistonda sodir bo‘ldi. 493 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bu teraktlarning beshtasini “Tolibon”, ikkitasini ISHID uyushtirgan. 

Kiritildi: 13:00 29.11.2020. O'qildi: 3633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!