Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Terri Ronalduni "Misstiano Penaldo" deb atagan BBC'ni qattiq tanqid qildi

Terri Ronalduni "Misstiano Penaldo" deb atagan BBC'ni qattiq tanqid qildi

Portugaliya va Sloveniya o‘rtasidagi 2024 yilgi Yevropa chempionati 1/8 finali vaqtida BBC yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduni “Misstiano Penaldo” deb atadi. Bu 39 yoshli futbolchining muvaffaqiyatsiz penaltidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Bu vaziyatga Londonning "Chelsi" klubi va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri fikr bildirdi.

"BBC, bu sharmandalik!", deb yozdi Terri o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, penaltilar seriyasida Krishtianu o‘z urinishini golga aylantirdi. Portugaliya 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va Yevro chorak finaliga yo‘l oldi. Roberto Martines shogirdlari navbatdagi uchrashuvni Fransiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:45 02.07.2024. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!