Surxondaryo viloyatining, Termiz shahrida ko‘p qavatli uyning 16-qavatidan o‘zini tashlagan talaba halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 12 yanvar kuni soat taxminan 15:30 larda «Bog‘ishamol» mahallasida sodir bo‘lgan.
Xususan, 21 yoshli J. A. ismli talaba ko‘p qavatli uyning 16-qavatidan o‘zini tashlagan va olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Hozirda, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, dastlabki tergov tekshiruvi olib borilmoqda.