Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Termizda hokimlik zaxirasida bo‘lgan yerni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Termizda hokimlik zaxirasida bo‘lgan yerni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar T.X. va B.A.lar oldindan til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yer maydonini fuqaro M.ga o‘zlariga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 3 300 AQSh dollari hisobidan 9 mln so‘mni o‘z ixtiyori bilan qaytarganliklari prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:22 18.11.2021. O'qildi: 1704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!