Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Termizda er-xotin "o‘g‘rilarga" jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termizda er-xotin "o‘g‘rilarga" jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz tumanida 2021 yil 1 noyabr kuni, tumanning "Navro‘z" mahallasida yashovchi, R.Zilola (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 oktyabr kuni, uyidan 3.000.000 (uch million) so‘mlik 1 dona "Royson" rusumli muzlatgichini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi J.Shavkat va turmush o‘rtog‘i, V.Sanobarlar sodir etishganliklari aniqlanib, ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni J.Shavkat va V.Sanobarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 19:39 26.11.2021. O'qildi: 2540 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!