Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Termizda arzon uy-joy uchun "shapka" so‘raladimi?

Termizda arzon uy-joy uchun "shapka" so‘raladimi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi va DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Termiz shahar «D.» MFY raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.S. fuqaro X.J.ga Termiz shahar «Guliston» mahallasida qurilgan 2 sotixli 2 xonali arzon hovli uylardan birini tanishlarining yordami bilan olib berishni va’da qilgani aniqlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, u buning evaziga 500 AQSh dollari berishni talab qilgan. Mahalla xodimi oqibatda "shirinkoma", "shapka" (poraxo‘rlar jargonida) ma’nosida so‘ragan 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:59 02.08.2020. O'qildi: 2598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!