Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Termiz aeroportida giyohvandlik tabletkalarining “parvozi”ga chek qo‘yildi

Termiz aeroportida giyohvandlik tabletkalarining “parvozi”ga chek qo‘yildi

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan giyohvandlik vositalarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga qarshi muntazam kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz aeroport” chegara bojxona postida “Moskva-Termiz” yo‘nalishi uchib kelgan chet el fuqarosi SH.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkalaridagi kiyim kechaklari orasida tarkibidan giyohvandlik moddasi bo‘lgan 200 dona “Kodein DAK 25 mg” va 100 dona “Kodein Alternova 25 mg” nomli tabletkalarni qonun hujjatlari talablariga zid ravishda olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:50 22.10.2021. O'qildi: 2368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!