Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Temir-beton plita mahsulotlarining muvofiqlik sertifikatisiz sotilgani aniqlandi

Temir-beton plita mahsulotlarining muvofiqlik sertifikatisiz sotilgani aniqlandi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan «A.P» XK (nomi o‘zgartirilgan) temir-beton plita mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Natijada temir-beton plita mahsulotlarining me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermaslini aniqlandi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar muvofiqlik sertifikatisiz sotilgan. Bu bilan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonuning 27-moddasi hamda «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunning 29-42-moddalari talablariga rioya qilinmagan.

Aniqlangan holat yuzasidan 60,5 mln. so‘m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilib, materiallar sudga kiritilgan.

Kiritildi: 23:23 28.06.2024. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!