Buyuk Britaniyada tabiiy gaz zaxiralari mamlakatda hukm surgan past harorat sharoitida "xavotir uyg‘otadigan" darajaga tushib qoldi. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi Angliyada British Gas savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi Centrica kompaniyasiga asoslanib xabar berdi.
Maqolada ta’kidlanishicha, Birlashgan Qirollik gaz omborlari bor-yo‘g‘i yarmigacha to‘ldirilgan, ulardagi gaz hajmi esa o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga kamaygan. Gaz Britaniya elektr energiyasining taxminan 40 foizini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, u Britaniyadagi 28 million atrofidagi uyni isitadi.
"Buyuk Britaniyada gaz zaxiralari darajasi tashvishli darajada past. Energetika tizimimizda saqlashning roli haqida gap ketganda, biz Yevropaning qolgan qismidan ajralib turamiz va endi buning oqibatlarini ko‘rib turibmiz," - deb Centrica rahbari Kris O‘Shining so‘zlari maqolada keltirilgan.