Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Telegram yana bir bor terrorizmda ayblanib sudga berildi

Telegram yana bir bor terrorizmda ayblanib sudga berildi

​Avstraliyaning internet xavfsizligi bo‘yicha regulyatori (eSafety) Telegram messenjeriga qarshi Federal sudga da’vo kiritdi. Idora platformani terrorizm va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videolarni o‘z vaqtida o‘chirmaslikda hamda bu boradagi majburiyatlarni bajarmaslikda ayblamoqda.

​Bir yil davom etgan tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilarning shikoyatlariga qaramay, terroristik hujumlar va ommaviy qotilliklar aks etgan videolar uch haftadan uch oygacha platformada ochiq qolgan. Xususan, gap 2019 yilda Kraystcherch masjidlaridagi xunrezlik va 2022 yilgi Buffalo otishmasiga oid tasvirlar haqida bormoqda.

​Avstraliya qonunchiligini buzgani uchun Telegram’ga 54,6 million avstraliya dollarigacha jarima solinishi mumkin.

Kiritildi: 14:22 30.07.2026. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!