Telegram Rossiyaning “G‘arb maxsus xizmatlari messenjerning shifrlanishini buzgan” degan ayblovlarini rad etdi.Bu haqda Reuters ’abar bermoqda.
"Rossiya hukumati tomonidan messenjerimizning shifrlanishi buzilgani haqidagi bayonot atayin tarqatilgan uydirmadir", deya Telegram'ning rasmiy bayonotini keltiradi agentlik.
Kompaniya bunday bayonot berilishini Rossiya rasmiylarining “Telegram'ni taqiqlash va fuqarolarni ommaviy kuzatuv hamda senzura uchun yaratilgan, davlat nazoratidagi platformadan foydalanishga majburlash” harakatlari bilan izohladi.
Avvalroq Rossiya aloqa vaziri Maksut Shadayev xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari Telegram'dagi yozishmalarga kirish imkoniga ega ekanini aytgandi.