Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumanida yashovchi 32 yoshli J.J. murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan “noma’lum shaxs” tomonidan 2.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechib olinganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi 21 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., J.J.ga o‘zini “Telegram” messenjeridagi “Telefon Bozor” guruhining admini sifatida tanishtirgan holda, 2.000.000 so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga qolgan pulini 6 oyga 166.000 so‘mdan bo‘lib to‘lashga berishini aytib, J.J.ning bank kartasidan 2.000.000 so‘m pullarni o‘tkazdirib olib, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u bilan o‘tkazilgan “So‘rov” tezkor-qidiruv tadbiri davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib, yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplandi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.