Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tehron Londonni qaroqchilikda ayblamoqda

Tehron Londonni qaroqchilikda ayblamoqda

Tehron Londonni qaroqchilikda ayblamoqda. Bunga sabab esa Gibraltarda Eron tankerining qo‘lga olingani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Eronning oliy rahnamosi Ali Humayniyning ta’kidlashicha “Buyuk Britaniya Eron kemalarini o‘g‘irlamoqda va bu ishni qonuniy jihatdan oqlashga urinmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Eronning Grace 1 nomli tankeri AQSh so‘rovi bilan Eron nefti sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Suriyaga yetkazib berayotganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan edi.

Ushbu operasiyada Britaniya dengiz kuchlari harbiylari ishtirok etgan. “Barchasi oddiy va aniq , bu qaroqchilik. Albatta, Eron Islom Respublikasi bu kabi harakatlarni javobsiz qoldirmaydi. Biz kerakli vaqtda va tegishli joyda javob qaytarmiz”,- deb aytib o‘tdi Ali Humayniy. Eron tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchisiga norozilik bildirgan.

Kiritildi: 22:00 18.07.2019. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!