Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tbilisida norozilik namoyishlari davom etmoqda

 Tbilisida norozilik namoyishlari davom etmoqda

Gruziya poytaxtida mamlakatning YEIga kirishi bo‘yicha muzokaralar muzlatilganligi sababli norozilik namoyishlari bir necha kun ndan buyon davom etmoqda.

Polisiya tomonidan hibsga olishlar, shuningdek, suv purkovchi va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanilayotganiga qaramay, odamlar norozilikni davom ettirmoqda. Xavfsizlik kuchlarining harakatlaridan himoyalanish va isinish uchun namoyishchilar barrikadalar o‘rnatishga va olov yoqishyapti. Namoyishchilar “Molotov kokteyllari” va feyerverklar ishlatishyapti.

Gruziya jamoat teleradiokompaniyasi binosi oldidagi namoyishchilar muxolifat va mamlakat prezidenti Salome Zurabishviliga efirga ruxsat berish, shuningdek, telekanal bosh direktori va vasiylik kengashi raisini ishdan bo‘shatishni talab qilmoqda. Avvalroq Zurabishvili Gruziya Konstitusiyaviy sudiga oktyabr oyining oxirida o‘tkazilgan parlament saylovlaridagi ommaviy qonunbuzarliklar haqidagi da’vosini tezda ko‘rib chiqishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirgan edi.

Hukumatning YEI bilan integrasiyani to‘xtatish qaroriga qarshi namoyishlar Gruziyaning boshqa yirik shaharlari: Zugdidi, Batumi, Kutaisi va Gorida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Gruziyadagi eng yirik banklar Bank of Georgia va TBC, Magti va Silknet aloqa operatorlari, shuningdek, yana boshqa bir qator yirik kompaniyalar namoyishchilar bilan birdamlik bildirdi.

Hukumatning yevrointegrasiyani to‘xtatib qo‘yish qarori Gruziya Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Konstitusiyaviy sudi xodimlari va boshqa davlat muassasalari xizmatchilari tomonidan ham ommaviy ravishda qoralandi. Bundan tashqari, Gruziyaning AQSH, Niderlandiya, Bolgariya, Italiya va Litvadagi elchilari norozilik sifatida o‘z lavozimlarini tark etgani xabar qilingan.

Kiritildi: Bugun 07:12. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!