Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tayvan Xitoy droniga ogohlantiruvchi o‘q uzdi

A A A
Tayvan Xitoy droniga ogohlantiruvchi o‘q uzdi

Tayvan markaziy axborot agentligining xabar berishicha, orol milliy armiyasi Xitoy xalq ozodlik armiyasining uchuvchisiz samolyotiga ogohlantiruvchi o‘t ochgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy samolyoti Szinmen orolining taqiqlangan suvlariga kirgan. Tayvan rahbari Say Inven Xitoy samolyotlariga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Tayvan mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, orol harbiy kuchlari Szinmen arxipelagiga kiruvchi Erdan oroli havo hududiga yaqinlashib kelayotgan uchuvchisiz samolyotni payqagan. Shundan so‘ng Tayvan harbiylari o‘q-dorilardan ogohlantiruvchi o‘q ochgan. Keyin samolyot uchib ketdi.

Xitoy avgust oyi boshidan beri AQShning yuqori martabali rasmiylarining Tayvanga tashrifiga javoban harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. XXR orolni o‘z hududi deb biladi va AQSh vakillarining tashrifi, hukumatning fikricha, “yagona Xitoy” siyosatini buzish hisoblanadi. 28 avgust kuni AQSh kreyserlarining Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tishi munosabati bilan Xitoy armiyasining sharqiy zonasi bo‘linmalari shay holatga keltirildi. Xitoy armiyasi, shuningdek, orol atrofida muntazam havo patrullarini e’lon qildi. Politico nashrining xabar berishicha, AQSh ma’muriyati Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol sotishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 15:12 31.08.2022. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik