Vazirlikka ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida bunday jo‘natmalar bo‘yicha qator surishtiruvlar e’lon qilinganidan keyin eksport nazorati qoidalari kuchaytirilgan. Xususan, Rossiya va Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzganlik uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi. Hozirda uning miqdori 1 million Tayvan dollari (taxminan 31 ming 100 AQSh dollari).
Bundan tashqari, Tayvan Iqtisodiyot vazirligi ishlab chiqaruvchilar bilan faol tushuntirish ishlari olib borilayotgani, ularni qonunchilikka rioya qilishga va mahsulotlarning yakuniy oqimini nazorat qilishga chaqirayotgani haqida xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishlar allaqachon o‘z natijalarini bergan va Tayvandan Rossiyaga dastgohlar eksporti hajmi nolga kamaygan.
Shu yilning yanvar oyida The Insider va The Reporter nashrlarining qo‘shma tekshiruvni e’lon qilingan edi. Unda Tayvan hukumatning Ukraina tarafdori pozisiyasiga qaramay, Rossiya armiyasi korxonalari uchun metallga ishlov berish dastgohlarining asosiy yetkazib beruvchisiga aylangani ta’kidlangan. Nashrlar bu eksportning Turkiya kabi uchinchi davlatlar orqali amalga oshirilayotganiga ishora qilgan. Fevral oyida Taypey maqolada keltirilgan bir nechta Rossiya kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.