Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Taxiatoshda 11 mlrd. so‘mlik bino auksionga qo‘yildi

Taxiatoshda 11 mlrd. so‘mlik bino auksionga qo‘yildi

Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor "TRI-A" MCHJdan davlat foydasiga soliq qarzdorligini undirish haqidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining qarorlari mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan va uning nomida aniqlangan Taxiatosh tumani, Jayxun MFY,
Qoraqalpog‘iston ko‘chasida joylashgan noturar bino tegishli tartibda xatlovga olingan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan mulk jami 11 mlrd. so‘mga baholatilib, elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarib yuborilgan.

Kiritildi: 14:45 22.07.2026. O'qildi: 1086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!