Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tataristonda o‘g‘il bolalar uchun islomiy pansionat ochildi

Tataristonda o‘g‘il bolalar uchun islomiy pansionat ochildi

Tataristonning Baltach tumani Burbash qishlog‘ida o‘g‘il bolalar uchun islomiy pansionat ochildi. Bu haqda Tatariston musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

Pansionatning ochilish marosimida Tatariston muftiysi Komil Samig‘ullin, bosh qozisi Jalil Fazliyev, tuman hokimi Ramil Nutfullin, ta’lim boshqarmasi, qoziliklar va muxtasibliklar vakillari, imomlar ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Komil Samig‘ullin mazkur pansioant Islomning yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini va tatar xalqining madaniyatini asrashga yordam berishiga umid bildirdi.

“Ayni paytda bunday pansionat bolalarimizning ma’naviy kamoloti uchun juda muhim. Ular, inshaAlloh, sevikli Payg‘ambarimiz ﷺ sunnatlariga amal qiladiganlardan bo‘lib yetishadi”,  – dedi Tatariston muftiysi.

Pansionat bosh qozi Jalil Fayziyevning tashabbusiga ko‘ra ochilgan bo‘lib, 40 o‘quvchiga – kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning farzandlariga mo‘ljallangan. Tarbiyalanuvchilar kunning birinchi qismida qishloqdagi o‘rta maktabda o‘qiydi, keyin esa maktab yonidagi masjidda tahsil oladi. Ular tatar tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganadi, shuningdek, ingliz, turk va arab tillarini ham egallaydi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 15:36 10.11.2018. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!