Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bangladesh elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bangladesh elchisi bilan uchrashdi

2023-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zahangir Alam bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston delegasiyasining joriy yil 17-19 – may kunlari Bangladeshga tashrifi samarali natijalarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Iqtisodiy diplomatiya va ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Kiritildi: 22:38 30.05.2023. O'qildi: 1961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!