Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Tashkent City" parkiga pulli kirish tartibi uzaytirildi

"Tashkent City" parkiga pulli kirish tartibi uzaytirildi

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi, deb xabar qildi “Daryo” nashri.

Markaz direksiyasining 11 yanvarda tegishli buyrug‘i imzolangan.

Pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog‘ infratuzilma va ob’ektlarini 2021 yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan, deb bayon etilgan buyruqda.

Kirish tariflari o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 ming so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so‘m, pensionerlarga — 5 ming so‘m (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va yangi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangandi. Dastlabki rejaga ko‘ra, pullik kirish tartibi 10 yanvarga qadar davom etishi kerak edi. 

 

Kiritildi: 19:57 12.01.2021. O'qildi: 2767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!