Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritganiga 30 yil to‘ldi.
Xirosimada o‘tgan musobaqada O‘zbekiston B guruhida Saudiya Arabistoni, Malayziya, Honkong va Tailandni mag‘lub etib, 12 ochko bilan pley-offga yo‘l olgan.
Birodar Abduraimov va Rustam Akramov boshchiligidagi jamoa 1/4 finalda Turkmanistondan (3:0), yarimfinalda esa Janubiy Koreyadan (1:0) ustun kelgan. Finalda esa Xitoy 4:2 hisobida mag‘lub etilgan va tarixiy chempionlikka erishilgan.