Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tarixda ilk bor Oliy Majlis qonun loyhasini qaytarib yubordi

Tarixda ilk bor Oliy Majlis qonun loyhasini qaytarib yubordi

Deputatlar Vazirlar Mahkamasi kiritgan “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini "tishsiz" deb topdi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tarixda ilk bor Vazirlar Mahkamasi kiritgan qonun loyihasini qaytardi. Bu haqda 18 sentyabrda  "Milliy tiklanish" partiyasining matbuot xizmatiga tayanib "togri.uz" xabar berdi.

Gap Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va iyunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan  “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini haqida ketyapti.

17 sentyabrda deputatlar uni dastlabki tarzda muhokama qilgan va hech qanday “tishi” yo‘q, yangiligi yo‘q deb topgan. Undagi normalarning hammasi Oila kodeksida, Fuqarolik kodeksida, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarda mavjud.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda Oila kodeksining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish” nomli VII bo‘limidagi qoidalardan foydalanilgan. Bu bo‘limda tug‘ilganlik, nikoh, ajrashish kabi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishning umumiy qoidalari belgilangan. 

Vazirlar Mahkamasi Oila kodeksining mazkur bo‘limini bekor qilish taklif qilmoqda. Deputatlar buni noto‘g‘ri deb hisobladi. Ularning fikricha, Oila kodeksi 7-bo‘limining bekor qilinishi kodeksining boshqa moddalari va bo‘limlariga ham ta’sir ko‘rsatib, ushbu kodeksning mantiqiy yaxlitligi mutlaqo buzilishiga olib keladi. 

Parlamentning o‘zining tishi paydo bo‘layotgani, unchalik muhim bo‘lmagan qonun loyihani bo‘lsa ham tarixda ilk bor hukumatga qayta ishlashga qaytarib yuborishi quvonarli holatdir.

Kiritildi: 17:58 18.09.2019. O'qildi: 3610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!