Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tangalar, naqd pullar va jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

Tangalar, naqd pullar va jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va Markaziy bankining qo‘shma murojaatini e’lon qildi.

2018 yiln iyul oyidan Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Shu sababli, xarid qilingan tovarlar bo‘yicha qaytim o‘rniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi bo‘lsangiz Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz so‘raladi”, - deyilgan murojaatda.

Tadbirkorlar diqqatiga esa, savdo do‘konlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini to‘liq berishni ta’minlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozimligi aytilgan.

O‘z navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo‘jalik sub’ektlari tijorat banklari orqali:

- bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan ta’minlab beriladi;

- banknot ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘larini mayda qiymatdagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 so‘m qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin.

 

Kiritildi: 18:08 06.12.2018. O'qildi: 1766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!