Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ta’minotdan bo‘yin tovlaganlarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi

Ta’minotdan bo‘yin tovlaganlarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi

I.Abbasov Kosonsoy tumanida istiqomat qiladi. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani bois, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on  tumanlararo sudining 2006 yil 16 fevral kunidagi buyrug‘i bilan 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. 

Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, qarzdorga alimentni vaqtida to‘lab borish bo‘yicha tushuntirish berilgan. Biroq, bunga ma’suliyatsiz bilan qaragan Abbasov 37 oydan beri muntazam ravishda alimentni to‘lamay keldi. Natijada, qarzdorlik 
21 mln. so‘mdan ortib ketadi. Ogohlantirishlardan to‘g‘ri xulosa qilmagan fuqaroning ishi endi amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra mazmunan ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuborildi. Byuroning tuman bo‘limi binosida keng jamoachtilik o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sud majlisida fuqaro I.Abbasov O‘zbekiston

Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi, 1-qismiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Abror Xoshimxo‘jayev ham aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganlardan biri. Unga nisbatan ham sudnging qarori bilan 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi belgilangan. Biroq, u ham burchini unitib, moddiy ta’minotdan qasddan bo‘yin tovlab keladi. Qarzdorlik 2018 yildan 2020 yil fevral oyiga qadar 15 mln. so‘mga yetdi. Uniing ham javobgarlik masalasi sayyor sud tartibida ko‘rib chiqildi hamda 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Shuningdek sayyor sudda Z.Rahimov, SH.Uzaqov, A.Abdusamatovlar ham uzoq muddatdan beri aliment mablag‘larini bermay kelayotgani o‘z isbotini topdi va ularga nisbatan sudning qarori e’lon qilindi.

Kiritildi: 20:07 20.02.2020. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!