Rossiyaning Tambov shahrida ikki oylik chaqaloq arvachada uxlagan vaqtida sigaret kulining tushishi natijasida yonib ketgan. Yong‘in chiqishi oqibatida bolaning tanasi 12 foizga kuyib, oqshom vaqtida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga olib kelinganligi haqida xabar bermoqda «Ria Novosti.ru»sayti. Yong‘in chiqishiga asosiy sabab, 19 yoshli ona bolaning aravachasi oldida sigaret chekkani bo‘ldi.
Tergov natijasida ona uy balkonida sigaret chekgan hamda uni o‘chirmasdan bola yotgan arvacha tomon yurgani, shundan so‘ng, yong‘in kelib chiqqani aniqlangan. Hozirda uning oila a’zolari hamda qarindoshlari so‘roq qilinib, chaqaloqning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.
