Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Talabalarni ijaraga qo‘yishda daromad solig‘ini olmaslik taklif etildi​​​​​​​

Talabalarni ijaraga qo‘yishda daromad solig‘ini olmaslik taklif etildi​​​​​​​

Moliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Unga muvofiq, kodeksning 378-moddasida nazarda tutilgan soliq solinmaydigan daromad turlariga qo‘shimcha ravishda soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari ham kiritilmoqda.

Qolaversa, hujjat bilan Soliq kodeksining 421 moddasiga 5-band qo‘shish taklif qilinmoqda. Unda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkidagi mol-mulk soliq solishdan ozod etilishi qayd qilingan. Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lgan yilda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan uy-joylar bo‘yicha ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

483-moddasida qayd etilgan vaqtinchalik soliq imtiyozlariga esa 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llanilishi kiritilmoqda.

Jamoatchilik muhokamalari 9 noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan talabalar ijara pulini bir qismini to‘lab berish yo‘lga qo‘yilishi belgilangandi.

Kiritildi: 21:05 26.10.2021. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!