Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Talabalarga 4 yillik o‘qish davri uchun 11,5 yil muddatga kredit ajratiladi

Talabalarga 4 yillik o‘qish davri uchun 11,5 yil muddatga kredit ajratiladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Mikrokreditbank" ATB axborot xizmati rahbari Sarvar Ochilov ajratilayotgan ta’lim kreditlari haqida ma’lumot berdi:

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan yurtimizdagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan barcha bosqich talabalariga ta’lim kreditlari ajratib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 iyuldagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan esa, ushbu kredit talaba qizlarimiz uchun “foizsiz” shartlarda ajratilmoqda.

Xususan, bankimiz tomonidan 2022-2023 yillarda jami

11 mingga yaqin talabaga 112 mlrd so‘mdan ortiq ta’lim kreditlari ajratildi.

Shundan, 71 foizi yoki 80 mlrd so‘mi xotin-qizlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy o‘quv yilining o‘zida esa MING nafardan ortiq talabaga 14 mlrd so‘mlik ta’lim kreditlari ajratildi. E’tiborlisi, ushbu kreditlarning ham asosiy qismi, ya’ni 77 foizi xotin-qizlarning ta’limini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

Bankimiz tomonidan taklif etilayotgan ta’lim krediti asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Misol uchun 1-kurs talabasining umumiy o‘qish davri 4 yilni tashkil qilsa, kredit 11,5 yil muddatga ajratiladi.

Ta’lim kreditlari yillik 14 foizdan, Xotin-qizlar uchun esa yuqorida ham ta’kidlanganidek, mutlaqo “foizsiz” ajratiladi.

Ayni kunlarda bankning barcha filial va markazlari tomonidan ta’lim kreditlari uzluksiz ajratib kelinmoqda. Sodda qilib aytganda, bankning istalgan filialiga talaba va kafillar o‘zining pasportlari hamda to‘lov shartnomasi bilan borishlari mumkin. Bunda ta’lim krediti bir ish kuni davomida ajratiladi.

Kiritildi: 18:47 20.09.2023. O'qildi: 2319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!