Tailand poytaxti Bangkok shahrida 18 mart kuni avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qildi «Dunyo» axborot agentligi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtohalokatda jarohat olgan yana uch nafar hamyurtimizga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ularga shifoxonadan javob berilgan.
Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan. O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarga zarur konsullik yordami ko‘rsatilmoqda. Marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, jasadni O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.