Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Tailandda sobiq bosh vazir turmadan chiqishi mumkin

A A A
Tailandda sobiq bosh vazir turmadan chiqishi mumkin

Tailand Bosh vaziri Settxa Txavesin bir yillik qamok jazosiga hukm qilingan sobiq hukumat boshlig‘i Taksin Chinavat 18 fevral kuni shartli ravishda ozod etilishini tasdiqladi. Bu haqda “Thai PBS” telekanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, jarayon qonunga muvofiq amalga oshirilyapti.

Mamlakat Axloq tuzatish ishlari departamenti avvalrok shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega mahkumlar ro‘yxatini tuzgan edi. Tailand qonunchiligiga ko‘ra, mazkur obro‘li mahbus mazkur ro‘yxatga kirish uchun belgilangan mezonga to‘liq javob beradi.Zero, u 70 yoshdan oshgan, turli kasalliklardan aziyat chekmoqda va jazo muddatining uchdan biridan ko‘pini o‘tagan.

O‘zini-o‘zi surgun etgan 74 yoshli Chinavat 2023 yil 22 avgustda 15 yillik tanaffusdan so‘ng Tailandga qaytgandi.

Oliy sud jami sakkiz yillik qamoq hukmining ayrim bandlarini kuchida qoldirdi. 31 avgust kuni sobiq bosh vazir qirollikka afv etish to‘g‘risida so‘rov yubordi. Qirol Maxa Vajiralongkorn (Rama X) mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun uni afv etdi va muddatni bir yilga o‘zgartirdi.

Chinavat 2001-2006 yillarda hukumatga rahbarlik qilgan. U Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etayotgan payt quruqlik qo‘shini bosh qo‘mondoni Sontx Bunyaratglin boshchiligidagi bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. O‘shanda Bosh vazir chet elda qolishga majbur bo‘lgan. 2008 yil sudga borish uchun Tailandga qaytgan siyosatchi hibsga olindi, ammo garov evaziga qo‘yib yuborildi va yana mamlakatni tark etdi. Sud Chinavatni davlat yerlarini sotib olish uchun mansab vakolatini suiste’mol qilgani uchun sirtdan ikki yillik qamoqqa hukm qilgan.

2019 yil apreldan buyon uning bo‘yniga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik, korrupsiya singari boshqa turli xil ayblovlar qo‘yilib, qo‘shimcha ozodlikdan mahrum etish jazolari belgilangan.

Kiritildi: 21:48 17.02.2024. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!