Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Betet va Gundul orollari dengiz sathidan 1-3 metr pastda joylashgan.
Prezidentimiz Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida Orolni qutqarish, uning qurigan hududida o‘rmonzorlar barpo etish, jumladan 2019 yilda 500 ming gektarlik o‘rmon yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
BMT Bosh kotibining Inson xavfsizligi masalalari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Yukio Takasu Markaziy Osiyo ekologik forumi va “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovasion yechimlar va investisiyalar” mavzuidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimov boshchiligidagi bir guruh olimlar Orol dengizining Mo‘ynoq tumaniga qarashli suvi qurigan maydonlarida biologik resurslarini o‘rganib, u yerlarda chorvachilikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda.