Savdo-sanoat palatasi saytida Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi test rejimida ishga tushirildi.
Reyting toifasi va ballari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida ham aks etmoqda.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, platforma vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasiga integrasiya qilish jarayonida test rejimida ishlamoqda. Reytingni to‘liq va to‘g‘ri baholanishi hamda mezonlar kesimida aniqlash metodikasi bilan 15-fevraldan ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Reytingda tadbirkorlik sub’ektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
Past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Yuqori ballga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Agar tadbirkor eng yuqori AAA toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinmoqda.