Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi.
Qabulxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazishdir.
Farmonga muvofiq, qabulxonalarda tadbirkorlarni, chet ellik investorlarni qabul qilish har kuni amalga oshiriladi.
Bosh vazir murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi.
Qabulxonalarda mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan berilgan murojaatlar ko‘rib chiqiladi.
Qabulxonalar sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislaridamuhokama qilish uchun kiritadilar.
Farmon bilan hisobot tizimi amaliyotga joriy etiladi. Unga ko‘ra:
Qarorga muvofiq business.gov.uz yagona interaktiv portali ishlab chiqiladi.
Portalda tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Portal orqali ariza beruvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali murojaatning ko‘rib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.