Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tadbirkordan 500 dollar va 500 ming so‘mlik mevalar talab qilgan Chorsu bozori ishchisiga jinoiy ish ochildi

Tadbirkordan 500 dollar va 500 ming so‘mlik mevalar talab qilgan Chorsu bozori ishchisiga jinoiy ish ochildi

Tadbirkordan 500 dollar va 500 ming so‘mlik mevalar talab qilgan Chorsu bozori ishchisiga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “Eski-Juva” AJ bo‘limi mutaxassisi bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorga kelib unga ijarani vaqtida bermayotganini, do‘koni chegaradan chiqib ketganini aytib, agar ishini davom ettirishni xohlasa 500 dollar va 500 ming so‘mlik mevalar berishini talab qilgan. Tadbirkor mutaxassisga qancha tushintirishga urinsa ham u tushinmagan. Shundan so‘ng tadbirkor huquq tartibot organlariga vaziyatni aytishga majbur bo‘lgan. Murojaatdan so‘ng maxsus operasiya tuzilgan va bozor xodimi 500 dollarni olayotganda huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Hozirda ushbu ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 20:48 20.06.2020. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!