Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkor murojaatiga o‘z vaqtida javob qaytarmagan boshqarma boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi

A A A
Tadbirkor murojaatiga o‘z vaqtida javob qaytarmagan boshqarma boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi

Biznes-ombudsmanga Andijon shahridagi faoliyat yurituvchi “Green Tex” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbari Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga qilgan murojaatlari bo‘yicha javob olmaganligi yuzasidan amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Aniqlanishicha, Jamiyat tomonidan 2023 yil 3 noyabrda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga murojaat qilingan bo‘lib, oradan ikki oydan ortiq vaqt o‘tishiga qaramay, murojaatiga javob yuborilmagan.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Shu bois, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mansabdori Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 43-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Kiritildi: 15:37 17.02.2024. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!