Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tabiiy ofat tufayli yopilib qolgan yo‘l ochildi

A A A
Tabiiy ofat tufayli yopilib qolgan yo‘l ochildi

FVV axborot xizmatining bildirishicha, Joriy yil 7 iyul kuni soat 14:20 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog‘li hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel oqimlari kelishi hodisasi kuzatilgan.

Oqibatda tumanning Xo‘jaasmin va Chosh aholi yashash punktlarini bog‘lovchi tog‘li dovon avtomobil yo‘liga katta xarsang toshlar va loyqalar tushib, dovon yo‘li yopilib qolgan. Mazkur yopilib qolgan dovon yo‘lida 3 ta yengil “UAZ” rusumli avtomobil va 8 nafar fuqaro harakatsiz qolib ketgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limi xodimlari yetib borib, tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi va Xondiza kon boyitish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida maxsus texnikalar yordamida dovon avtomobil yo‘li katta xarsang tosh va loyqalardan tozalandi. Avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yilib, 8 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Kiritildi: 14:40 10.07.2023. O'qildi: 1773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!