Suv bir marta qaynatilganda uning tarkibidagi bakteriya hamda viruslar to‘liq “o‘ladi”. Biroq uni takroran qaynatish suv zichligi, minerallar konsentrasiyasining oshib ketishiga olib keladi. Ikki marta qaynatilgan suv tarkibi o‘zgaradi, organoleptik xususiyatlari va tabiiy ta’mini yo‘qotadi.
Shuningdek:
• Suv tarkibidagi nitratlar, margumush va natriy ftoridi miqdori oshib ketadi;
• zararli xloroorganik birikmalar hosil bo‘ladi;
• suvning ta’m sifatlari yo‘qoladi;
• og‘ir metallar konsentrasiyasi oshadi;
• kalsiy tuzlari xavfli bo‘lib qoladi;
• og‘ir vodorod hosil bo‘ladi.