Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda o‘z uyini tunagan ayolning hiylasi fosh bo‘ldi

Surxondaryoda o‘z uyini tunagan ayolning hiylasi fosh bo‘ldi

Sariosiyo tumani IIBga Xalqabod mahallasida yashovchi uy bekasi Nozigul Shoimova (ism-shariflar o‘zgartirildi) ariza bilan murojaat etadi. Arizada tushlik payti uyiga yuziga niqob taqqan ikki notanish shaxs kirib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, 900 ming so‘m, 600 AQSh dollari, 2 dona tilla uzuk, 1 juft tilla sirg‘ani bosqinchilik yo‘li bilan olib ketgani ma’lum qiladi. Bu haqda Postda nashriga asoslanib uz24.uz xabar qilgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib boradi. Ekspert-kriminalistlar zudlik bilan voqea joyidan olingan barmoq izini viloyat IIB EKBdagi mavjud baza orqali solishtirib, tekshiradi. Qarangki, bu o‘z o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatgan Nozigul Shoimovaning barmoq iziga mos keladi. Shundan so‘ng uning tuman IIBga yolg‘on xabar bergani oydinlashib qoldi. Kelinchak qaltis jinoyatga qo‘l urganini, 600 AQSh dollari, 954 ming so‘m, 2 dona tilla uzuk va 1 juft tilla sirg‘ani yashash uyi tomorqasiga ko‘mib qo‘yganini tan oldi.

Holat yuzasidan N. Shoyimovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Termiz shahridagi viloyat sil kasalliklari shifoxonasida o‘g‘irlik yuz berdi. Shifoxona laboratoriyasidan mikroskop va boshqa uskunalar o‘g‘irlab ketildi. Mazkur holat bo‘yi cha voqea joyidan 9 ta qo‘l-barmoq izi olindi. Muqaddam sudlangan va jinoyatga moyil shaxslarning barmoq izlari voqea joyidan olingan qo‘l-barmoq izlari bilan solishtirib ko‘rildi. Natijada qo‘l-barmoq izlaridan biri shifoxonaga tutash ko‘chada yashovchi fuqaro, muqaddam sudlangan J. Bo‘riyevning barmoq izi bilan mos keldi. U ashyoviy dalillar oldida aybini tan olishdan o‘zga chora topa olmadi.

Mana, yana bir misol, deydi viloyat IIB EKB boshlig‘i, podpolkovnik J. Pardayev. Qumqo‘rg‘on tumanidagi Jiydali mahallasida yashovchi fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini Bog‘aro mahallasi hududidagi yo‘l chetida qoldirib ketadi. Bir soatdan so‘ng qaytib kelsa, mashina joyida yo‘q. Kimdir o‘g‘irlab ketibdi. Darhol tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat etib, voqeani ma’lum qiladi. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida avtomashina Jarqo‘rg‘on tumani hududidan topildi. Lekin uni olib qochgan shaxs yashirinishga ulgurgan ekan. Avtomashinadan olingan qo‘l-barmoq izlari tegishli tartibda solishtirib tekshirilganda, Qumqo‘rg‘on tumani Boymoqli mahallasida istiqomat qiladigan J. To‘rayevning barmoq izi bilan to‘g‘ri keldi. Uning aybi isbotlangach, qonuniy jazosini oldi.

Kiritildi: 10:25 06.02.2019. O'qildi: 2067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!