Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan ijro hujjatiga ko‘ra tumaning Yangi hayot mahallasida yashovchi fuqaro o‘zining yashash xonadonini yon qo‘shnisiga o‘zaro kelishgan holda sotgan bo‘lsa-da, bir necha oylar davomida uyni bo‘shatib bermasdan oila a’zolari bilan istiqomat qilib kelgan.
Yon qo‘shni jon qo‘shni deganlaridek, uyni sotib olgan X.To‘rayev qo‘shnisining tez fursatda uyni bo‘shatib topshiramiz degan va’dasiga ishonib kelgan. Oradan bir necha oylar o‘tsa-da, qo‘shnisi uyni bo‘shatib berishidan darak yo‘q edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha xaridor X.To‘rayevga qo‘shnisining javobi og‘ir botib, na pulini qaytarishni na uyni bo‘shatib bermasligini bildirgan.
Shundan so‘ng, ushbu masala sud tartibida ko‘rib chiqilib, fuqaro X.To‘rayev foydasiga hal etildi.
Byuroning Sariosiyo tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida javobgar fuqaroga nisbatan 1.875.000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilib, sotilgan uyidan oila a’zolari bilan birga majburiy tartibda xolislar ishtirokida chiqarildi.
Ijro hujjati bo‘yicha undiruvchi fuqaro X.To‘rayevning buzilgan huquqlari tiklanib, sotib olingan uy-joyi topshirildi.