Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘rik pishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumandagi MCHJ tomonidan barpo etilgan o‘rikzorlarda innovasion texnologiyani muvaffaqiyatli qo‘llanishi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirdi.

2020 yilda tashkil etilgan korxonada o‘tgan qisqa vaqt ichida qariyb 102 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish orqali o‘rik (mikado, magadant, kaloroda, maykod, lidegod, sinishkod, rubisa, kasinko, radova) va shaftoli (nektar) parvarishlash yo‘lga qo‘yildi.

Ertapishar va hosildor bu mevalarning ko‘chati xorijdan keltirilgan bo‘lib, yer va iqlimga tezda moslashdi.

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bugun MCHJ bog‘larida o‘rik g‘arq pishgan. Hosilni yig‘ib olishni boshlagan bog‘bonlar xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan darmondoriga boy ne’matni Rossiyaga eksport qilishga ham kirishdi.

Ko‘chatlar 3-4 yillik bo‘lgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida 80-100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan bo‘lib, birgina joriy yil mavsum davomida o‘rikning o‘zidan qariyb 1500 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 09:31 27.04.2024. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!