Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda ekologiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Surxondaryoda ekologiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

❗️ Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli va keng qamrovli islohotlar olib borilib, barcha davlat idoralari hamda tashkilotlarida komplayens xizmati yo‘lga qo‘yildi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu illatga qarshi yanada keskin choralar ko‘rish topshirildi.

Korrupsiya omilini minimallashtirish – davlat taraqqiyotiga, xalq faravonligiga xizmat qiladi. Ammo, xalqdan ko‘ra, o‘z xalqumini o‘ylagan mansabdorlar yo‘q emas.

🔴 Jumladan, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i mahalliy MCHJ hududida 14 tup gujum, 6 tup archa, 1 tup tut va 1 tup chinor daraxtlari tegishli ruxsatnoma olmasdan, o‘zboshimchalik bilan kesilganligi holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatish maqsadida o‘zgartirib berish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:13. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!