Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda 27 yoshli yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda 27 yoshli yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Angor tumanida 2021 yilning 28 aprel kuni tumanning “Madaniyat” mahallasida yashovchi, B.Jaxongir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 25 mart kuni Qiziriq tumani “Yangi turmush” mahallasida yashovchi, T.Iskandar unga Rossiya Federasiyasiga samolyotga bilet olib berishni va’da qilib, go‘yoki unga Rossiya Federasiyasidan bilet olganligini, bilet tayyor ekanligini, o‘zi Buxoro viloyatida ekanligini aytib, bilet uchun 10.000.000 (o‘n million) so‘m pullarni plastik kartaga o‘tkazib berishini aytib, A.Sayyora va J.Davronlarning nomiga ochilgan plastik kartalarga har biriga 5.000.000 (besh million) so‘mdan jami 10.000.000 (o‘n million) so‘m pullarni o‘tkazdirib olib, o‘zlashtirib ketganligini ma’lum qilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida, T.Iskandar muqaddam JIB Termiz tuman sudining 2019 yil 9 oktyabr kunidagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan “aybli”-deb, topilganligi, JIB Qiziriq tuman sudining 2021 yil 8 apreldagi ajrimi bilan o‘talmagan 1 yil 3 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosidan shartli ozod qilinganligi aniqlangan.

27 may kuni T.Iskandarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:36 02.06.2021. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!